Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi Abu-Dabida qo'lga olindi
Interpolning O'zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi (MMB) tomonidan xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Birlashgan Arab Amirliklari Interpol MMB xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida qo'lga olindi. Ushbu shaxs 1972 y.t. O'zbekiston fuqarosi S.M. bo'lib, uning tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 161, 242 va 244-moddalarida nazarda tutilgan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi huquq tartibot organlari tomonidan 2006 yildan beri xalqaro qidiruvda bo'lgan edi.
Dastavval, olingan materiallar asosida ushbu shaxsning taxminiy joylashuvi haqidagi ma'lumot Interpolning Bosh Kotibiyatiga yuborilgan edi. Fuqaro S.M. 2006 yildan boshlab AQSh hududida yashirinib yurganligi aniqlangan. 2021 yilning sentyabr` oyida Vashington MMB tomonidan fuqaro S.M. AQSh hududuni tark etganligi to'g'risida ma'lumot kelib tushdi. O'zbekiston Respublikasidagi MMB Interpoli va Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi Interpoli xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida fuqaro S.M. Abu-Dabiga etib kelgan kunidan besh kun o'tib qo'lga olindi va hozirda uni O'zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko'rilmoqda.
Interpolning O'zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi