9 Iyun 2022 1074

Xalqaro vebinarda XJPT Interpol xodimlari va tegishli idoralar vakillaridan tashkil topgan tashabbus guruhi ishtirok etdi

Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti Interpol Bosh kotibiyati tashabbusi bilan Intellektual mulk sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish xalqaro kolleji ko‘magida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Intellektual mulkka qarshi jinoyatlar va sport tadbirlari sohasi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

vebinar o‘tkazishdan asosiy maqsad, ishtirokchilarga intellektual mulkka qarshi jinoyatlar va sport tadbirlari sohasida malaka oshirish, mazkur yo‘nalishlardagi jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishdan iborat bo‘ldi.

Kurs “WEBEX” platformasida ingliz tilida olib borildi. Mazkur tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol MMBning ixtisoslashgan xodimlari ishtirok etdi. vebinar yakunida ishtirokchilar ushbu turdagi jinoyatlarni huquqiy tartibga solish va bu sohadagi dolzarb masalalarni hal etishning nazariy asoslari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar.

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага