Xodim bir fuqaroni o'limdan saqlab qoldi
2021 yil 11 iyul` kuni soat 22:30 larda Farg'ona viloyati IIB Transportda XTBga kelib tushgan xabarga ko'ra, Qo'qon-Buvayda temir yo'l bekatlari oralig'i 22-kmda Buvayda tumani, “Jilva” qishlog'ida yashovchi fuqaro O'.Z. o'zini poezd ostiga tashlamoqchi bo'lgan vaqtida, TXTB PPX xodimi uni ushlab qolganligi ma'lum bo'lgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqaro O'.Z. haqiqatdan ham oilaviy janjal tufayli o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lganligi aniqlangan.
Shundan so'ng, ushbu fuqaro bilan ota-onasi, mahalla raisi va mahalla faollari ishtirokida profilaktik suhbat o'tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
“Jilva” mahalla fuqarolar yig'ini raisining xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari murabbiy etib biriktirildi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi