24 Mart 2021 5326

Xodimlar manfaati ustuvor

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va tizimda jamoat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil vazirlikda Tarkibiy bo'linmalar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi tashkil etilgan edi. Muqaddam tizimda kasaba uyushmaga faqatgina erkin yollangan xodimlar a'zolikka qabul qilingan bo'lsa, mazkur yildan shahodatlangan xodimlar ham o'z ixtiyori bilan a'zo bo'ldi.

Bugungi kunda vazirlik tar­kibiy bo'linmalari xodimla­ri birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi 39 ta kasaba uyushma boshlang'ich tashkiloti tarkibidan iborat bo'lib, jami 10 mingdan ortiq, a'zolarni birlashtirgan.

Yaqinda xodimlarni har jihatdan qo'llab-quvvatlash borasida qo'mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ish beruvchi va kasaba uyushma qo'mitasi o'rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi bandlari bajarilishiga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisining o'rinbosari A.Mirdjalilov, IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, polkov­nik T.Jumanov, IIV Tarki­biy bo'linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi raisi, polkovnik H.Maxsumov va boshqalar ishtirok etdi. Yig'ilishda jamoa shartnomasi talablarining bajarilishi bo'yicha polkov­nik T. Jumanov, kasaba uyush­ma ko'mitasi raisi, polkovnik H.Maxsumov, kasaba uyush­ma ko'mita bosh mutaxassisi A.Sattorovning Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisoboti eshitildi.

Ta'kidlash lozimki, o'tgan davrda vazirlik birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi to­monidan bir talay xayrli ishlar amalga oshirib, xodimlarga ish haqi to'lashda mehnat shartnomalarida belgilangan mablag'dan kam ish haqi to'lash, ularning roziligisiz ish haqi hajmini o'zgartirishga yo'l qo'yilmadi. Bundan tashqari, odimlar bo'sh vaqtida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishi uchun etarli sharoitlar yaratib berildi.

Qayd etish lozimki, bayramlar arafasida xodim­lar rag'batlantirib, oilaviy sharoiti og'ir va moddiy yordamga muhtojlarga ko'mak berib kelinmoqda. Jumladan, kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan o'tgan yil davomida oilaviy sharoiti og'ir, yaqin qarindoshlari vafot etgan, davolanish uchun dori vositalariga ehtiyoji bor, to'y marosimlari o'tkazayotgan markaziy apparat sohaviy xodimlarining 300 dan ortiq xodimlariga moddiy yordam ko'rsatildi. Qolaversa, 62 nafar xodim va ularning oila a'zolariga sanatoriy yo'llanmalari, 2 nafar xodimga bepul yo'llanmalar berildi.

Xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va hordiq chiqarishini tashkillashtirish yo'nalishida hisobot davrida karantin qoidalariga rioya qilgan holda, turli madaniy- ma'rifiy, sport tadbirlari o'tkazildi. Xususan, yil mobaynida vazirlik birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan 12 marotaba ana shunday tadbirlar tashkil etildi.

Yig'ilishda 2020-2022 yillarga mo'ljallab tuzilgan tarmoq kelishuvi va jamoa shart­nomasi ijrosini ta'minlash, kasaba uyushma a'zolarini har tomonlama samarali qo'llab- quvvatlash choralarini ko'rish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Tizimdagi kasaba uyushmalari faoliyati­ni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

«Postda» muxbiri.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага