25 Iyul 2021 734

Xodimlarimizning bilimi va dunyoqarashlari bugungi zamon talablari asosida bo'lishi zarur — general mayor Aziz Ikramov

Kuni kecha, Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor Aziz Israilovich Ikramov boshchiligida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari hamda shahar-tuman IIB boshliqlarining Ma'naviy – ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirning mazmuni shaxsiy tarkibni ma'naviy va ma'rifiy bilimlarini oshirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmon va qarorlari ijrosini samarali ta'minlash mavzusida bo'lib, ochiq suhbat tarzida tashkil etildi.

Vazir o'rinbosari tomonidan ichki ishlar organlarining yosh xodimlarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bilimlari va dunyoqarashini zamon talablaridan kelib chiqqan holda shakllantirish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berib o'tildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага