19 Iyul 2021 5985

Xodimlarni ijtimoiy himoyalash tartibi doirasida ijara pullari uchun dastlabki mablag'lar topshirildi

O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi Qonuni hamda Ichki ishlar vazirining 2021 yil 8 iyundagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida»gi buyrug'ida IIOlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun oylik kompensatsiyasi to'lab berilishi belgilangan.

Ushbu hujjatlar ijrosini ta'minlash hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, ijara uyda yashab Toshkent viloyati IIBB tizimida xizmat qilayotgan 23 nafar xodimlarga uyning ijara mablag'i to'lab berish tartibi joriy qilindi va dastlabki pul mablag'lari bugun 17 iyul` kuni xodimlarga topshirildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага