Xodimlarning malakasi oshirilmoqda
Ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va uning tasarrufidagi 3, 6, 10-sonli tergov hibsxonalari hamda 6-son JIEK xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotga 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari, shuningdek muassasalarning tezkor-qidiruv, tartibot, kadrlar bilan ishlash guruhi inspektorlari, tashkiliy bo‘lim boshliqlari, navbatchilik qismi inspektor-navbatchilari hamda murojaatlar bilan ishlash guruhi kichik inspektorlari ishtirok etishi taʼminlandi.
O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarni xizmat faoliyatida qiynab kelayotgan muammoli vaziyatlarga soha mutaxassislari ishtirokida yechimlar topilib, xizmat faoliyatida keng foydalanishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va meʼyoriy hujjatlar taqdim etildi.
IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati