14 Avgust 2023 1725

Xonadonga oʻgʻrilikka tushgan shaxsning qilmishi fosh boʻldi

2023-yilning 6-avgust kuni soat taxminan 19:00 larda nomaʼlum shaxs Gʻijduvon tumani Zarafshon mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyiga paxsa devordan sakragan holda gʻayriqonuniy ravishda kirib, yaxshi niyatlar bilan jamgʻarib qoʻyilgan shkaf ichida turgan 5.250 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining jiyani voyaga yetmagan 2008-yilda tugʻilgan A.M. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda xolasining pullarini oʻmargan jiyanning xatti harakatlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага