Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yil 26-yanvar kuni OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Bu galgi matbuot anjumani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-sonli Qaroriga oid boʻlganligi bois, jurnalist va blogerlarning savollariga Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.
Viloyat IIB boshligʻining matbuot kotibi podpolkovnik Z.Ismoilov anjuman ishtirokchilariga spikerlar va anjuman mavzusi yuzasidan axborot bergach, dastlabki soʻz navbati viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik A.Imyaminovga berildi.
Notiq oʻz soʻzida mazkur tarixiy qaror nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatida, balki davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim oʻrin tutishini taʼkidlab, qarorning asosiy maqsadi ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, oʻzaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini taʼminlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash ekanligini aytib oʻtdi.
OAV vakillari, bloger va jurnalistlar oʻzlarining mazkur qaror yuzasidan qiziqtirgan savollariga masʼul xodimlar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Shundan keyin bloger va jurnalistlar mazkur qarorni keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish borasida hamkorlikka taklif qilindi.
Ijtimoiy tarmoq blogerlari matbuot anjumani davomida muhokama qilingan xolatlardan kelib chiqib, qaor mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib etishda faol qatnashishlarini taʼkidlab oʻtdilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati