18 Dekabr 2022 516

Xorazm viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazi faoliyati doimiy nazoratda

Xorazm viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazi bugungi kunda toʻliq taʼmirlanib, markazda saqlanuvchi bolalar hamda u yerda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari kapitan S.Xudayberganova doimiy ravishda markaz xodimlarining xizmat oʻtash jarayonini oʻrganib, markazda saqlanayotgan bolalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar bilan yaqindan tanishib kelmoqda.

Shaxsiy tarkib bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuvda har bir xodim xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi, markazda saqlayotgan voyaga yetmagan bolalar bilan muloqot chogʻida xushmuomala boʻlishi lozimligi alohida uqtirib oʻtiladi.

Asosiy eʼtibor markazda saqlanayotgan bolalarning maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan fan toʻgaraklariga qaratilgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага