27 May 2022 410

Xorazm viloyatida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi

Ayni kunlarda Xorazm viloyatida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, nizoli oilalarni barvaqt aniqlash va ulardagi nizolarni bartaraf etish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bu borada viloyat IIB hamda viloyat Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda mahallalarda, mehnat jamoalarida targʻibot uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar oilalarda paydo boʻlgan har qanday koʻrinishdagi nizoli holatlarning ishtirokchisi boʻlgan xotin-qizlarning dastlabki jarayondayoq mahallalardagi ayollar faoli, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda murosaga keltirishga qaratilgan.

Endilikda viloyatda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish borasida partiyalar qoshida tuzilgan “Deputat ayollar klubi” rolini yanada kuchaytirish masalasi ham kun tartibidan oʻrin olgan.

Shu bilan birgalikda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish maqsadida rasmiylashtirilgan “himoya orderi” talablariga rioya qilinishi ustidan samarali nazorat oʻrnatish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari ham chora-tadbirlar rejasidan oʻrin olgan.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar targʻibot uchrashuvlarida bugungi kunda viloyatimizda xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirmoqdalar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага