Xotin-qizlar muammolari – hamisha eʼtiborda
IIV Akademiyasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning sabablari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda Toshkent viloyati IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Shahnoza Sodiqova, Chinoz tumani ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik Mahfuza Sirojova, malakali pedagog-psixolog Shahnoza Toshmatova, shuningdek oʻquv maskani professor-oʻqituvchilari va “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yoʻnalishi kursantlari ishtirok etdi.
Davra suhbati avvalida Akademiya boshligʻining yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov soʻz oldi. Shundan soʻng amaliyot xodimlari xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, mavjud holat va muammolar haqida toʻxtalib oʻtishdi. Muloqotda mazkur yoʻnalishda taʼlim olayotgan kursantlarga zarur kasbiy va psixologik tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati