9 Noyabr 2022 796

“Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish hamda gender tengligini taʼminlash” mavzusida oʻquv amaliy seminar tashkil etildi

Andijon viloyati IIB hamda Andijon shahar hokimligi oila va xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish hamda gender tengligini taʼminlash” mavzusida bir qator hamkor tashkilotlar hamda psixolog Madina Mamajonova va siyosiy partiyalar ishtirokida oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar doirasida mavzu yuzasidan siyosiy fanlar doktori X.Joʻrabekova oiladagi munosabatlar toʻgʻrisida maʼruza qildi. Shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolarini qoʻllab quvvatlash boʻyicha mayor B.Mirzayeva oʻzing reja dasturi bilan tanishtirib, oilalarda sogʻlom muhitni yaratish hamda ishsiz qatlamini bandligini taʼminlash yuzasidan maʼruza qildi.

Seminarning ikkinchi qismi Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida davom ettirilib, ishtirokchilar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага