Xotin-qizlarning muammolari o‘rganilmoqda
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan tumanda kriminogen vaziyatni jilovlash, ijtimoiy siyosiy vaziyat tahlili yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga yo‘riqnoma berildi. Unda anomal ob – havo sharoitida fuqarolarni muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoya qilish, bandligini taʼminlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, oila-turmush doirasidagi muammolarini bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda bir qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirishdi.
So‘ngra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Xidoyat To‘rayeva va G‘uzor tuman ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori hamda mahallalar xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda Xonadonma-xonadon yurib, xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, muammolari, bandligini taʼminlash borasidagi muammolari o‘rganildi. Tumandagi mahallalarda Xonadonma-xonadon o‘rganishlar davomida xotin-qizlarning oilaviy sharoitlari yoshi ulug‘, yolg‘iz onaxonlar, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar holidan xabar olinib, zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati