4 Sentabr 2021
4297
Xovos tumanida haydovchi piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketdi
2021-yil 3-sentyabr kuni soat 00:10 larda Xovos tumani “Sohibkor” mahallasi hududidan oʻtuvchi A-376 avtomobil yoʻlining 205 km «Qoʻqon-Jizzax» yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan kulrang “Nexia-2” rusumli avtomashina, Xovos tumani “Sohibkor” mahallasi hududida joylashgan karyer ishchisini avtoulovning oldi qismi bilan urib yuborib YTH sodir etgan hamda voqea joyidan qochib ketib yashiringan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohatlarining ogʻirligidan voqea joyida vafot etgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv davomida ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan haydovchi ushlandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati