18 May 2022 433

Xususiy korxonada sodir etilgan oʻgʻirlik fosh boʻldi

2022-yil 15-may kuni Toʻraqoʻrgʻon tuman Namangan yoʻli koʻchasida joylashgan koʻp tarmoqli savdo ishlab chiqarish xususiy korxonasining ish boshqaruvchisi, 38 yoshli A.V. shahar IIB boshligʻining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 13-may kuni soat 20:20 larda nomaʼlum shaxslar ushbu korxonaning orqa darvozasi devoridan oshib oʻtib, omborxonaning eshik qulfini buzgan holda gʻayriqonuniy ravishda kirishib, u yerda boʻlgan 4300 dona narxi 100.000.000 soʻmlik bolalar kiyim-kechaklarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, mazkur jinoyatni Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi muqaddam oʻgʻirlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan 40 yoshli K.M., 26 yoshli J.Ya. hamda 35 yoshli Q.Z.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Toʻraqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tergov davomida qonunbuzarlardan oʻgʻirlangan mol-mulklarni taqdiri soʻralganda, ularni Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida yashovchi Q.K.ga olib borib 16 mln. soʻm pulga sotib yuborganliklarini maʼlum qilishib, Q.K.dan mazkur kiyim-kechaklar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага