3 Sentabr 2021 4858

XVII-XXI asrlarda politsiya rivojlanishi. Harbiy politsiya

Rossiya Federatsiyasining harbiy politsiyasi bir necha bosqichda shakllangan. Mudofaa vazirligining Harbiy politsiya bosh boshqarmasi 2011 yilda tashkil etilgan, ammo u faqat tegishli federal qonun qabul qilinganidan keyin 2014 yilda faoliyat yurita boshladi. 2015 yil mart oyida Rossiya prezidenti Harbiy politsiya ustavini tasdiqladi.

Uning vakolatiga harbiy xizmatchilar, xodimlar va fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, huquqlari va erkinliklari, harbiy tayyorgarlikdan o'tishga chaqirilgan fuqarolar, shuningdek, qo'shinlarda qoida va tartibni saqlash, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va alohida ob'ektlarni qo'riqlash kabi vazifalar kiradi.

Harbiy politsiya ofitserlari noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, harbiy xizmatchilarni tekshirish va ushlab turish, kuch va xizmat qurolidan foydalanish huquqiga ega. Bu tuzilmaning soni 6500 kishini tashkil qiladi.


Buyuk G'alaba paradi. 2016 yil 9 may, Sankt-Peterburg


Harbiy politsiya xodimi nishoni namunasi


Harbiy politsiya xodimlari tegishli belgilar va yozuvlarni taqishlari shart.


Harbiy politsiya xodimlari. Pskov

©️ «Vsemirnaya istoriya politsii». Moskva: Izdatel`stvo «e», 2017.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага