3 Sentabr 2021 5022

XVII-XXI asrlarda politsiya rivojlanishi. Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati

Sovet Ittifoqi xavfsizlik politsiyasi (SSSR KGB va RSFSR KGB) qayta qurishdan keyingi birinchi yillarda 1995-yil 3-aprelgacha “Federal xavfsizlik xizmatining organlari toʻgʻrisida”gi qonun imzolanganga qadar eng koʻp metamorfozalarga uchradi. 2003-yil mart oyida chegara qoʻshinlari FSBga tasarrufiga oʻtkazildi. SSSR paytidagi KGBdan farqli oʻlaroq, tashqi razvedka va davlatning birinchi shaxslarini himoya qilish vazifalari boshqa organlarga oʻtkazildi, KGBning dissidentlarni nazorat qiladigan Beshinchi Direksiyasining faoliyatini toʻxtatdi.

FSBning politsiya funksiyalari, odatda, Ichki ishlar vazirligining vazifalariga oʻxshaydi, farqi shundaki, ular mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi eng ogʻir jinoyatlarga qarshi kurashni amalga oshirishdi.

FSB tezkor xizmatlari tergov organlarining vakolatiga ega boʻlib, tergov apparati mavjud edi.

FSB tarkibiga: Milliy aksilterror qoʻmitasi, qarshi razvedka xizmati, iqtisodiy xavfsizlik xizmati, chegara xizmati, ilmiy -texnik xizmat, maxsus kuchlar, harbiy kontrrazvedka va boshqa boʻlimlar kiradi.

FSB texnik taʼminoti zamonaviy talablarga javob beradi. Axborot xavfsizligi markazi elektron tijorat jinoyatlari va shaxsiy maʼlumotlarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurashadi, hukumat va yirik biznes tuzilmalari serverlariga DDoS hujumlarini, onlayn kirish orqali oʻgʻirlik va himoyalangan tarmoqlarga noqonuniy kirishga urinishlarni aniqlaydi.

Rasm:


Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putin, 1998-yil iyuldan 1999-yil avgustgacha Rossiya Federatsiyasi FSB direktori


Rossiya Domodedovo aeroportida xavfsizlik choralari kuchaygan bir paytda portlashdan keyin navbatchilik qilayotgan huquq-tartibot xodimlari


Rossiya prezidenti V.V.Putin va Rossiya mudofaa vaziri S.K.Shoygu. 2016-yil iyun

©️ «Всемирная история полиции». Москва: Издательство «Э», 2017.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага