XVII-XXI asrlarda politsiya rivojlanishi. Sobor tuzuklari (qonunlar to'plami)
Nafaqat Pyotrdan avvalgi Rossiyada, balki XVIII asrdagi eng muhim huquqiy hujjat sifatida tarixda tan olingan Sobor tuzuklari 1649 yilda Zemskiy Soborda qabul qilingan. Bu kodeksda Sudebniklardan farqli o'laroq, jamiyatning barcha tabaqalarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan edi. erkin dehqonlarni krepostnoyga aylantirish va qochqinlarga nisbatan muddatsiz qidiruv e'lon qilish – mazkur huquqiy hujjatning asosiy nuqtalaridan biriga aylandi.
Yangi qonunlar to'plamida jinoiy huquq normalari ma'lum darajada kengaytirildi va to'ldirildi. endi jinoyatlar aniq tavsiflana boshladi. Hududiy tartiblarga qarshi jinoyatlar (har qanday noqonuniy faoliyat) va talonchilikni o'z ichiga olgan amaldorlikka doir jinoyatlar kabi tushunchalar paydo bo'ldi. Jazo tizimi ham batafsil bayon qilingan, qamoq muddatlari aniq belgilab qo'yilgan (uch kundan umrining oxirigacha).
Noma'lum rus rassomi. Shoh Aleksey portreti. Taxminan 1680 yilda Aleksey Mixaylovich o'z davrining eng ko'zga ko'ringan islohotchisi bo'lib, u Rossiya davlatining mustahkamlanishiga hissasini qo'shgan.
Sobor tuzuklari hududiy tartiblarga qarshi jinoyatlarni (boshqacha aytganda, jamoat tartibini) tartibga solgan. Bu toifadagi jinoiy harakatlarga noqonuniy soliq belgilash, qochqinlarni joylashtirish, fohishaxonalarni saqlash, o'g'irlangan mollarni sotish va boshqalar kiradi.
©️ "Vsemirnaya istoriya politsii". Moskva: Izdatel`stvo "e", 2017.