12 May 2022 1154

Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni amalda

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning qoʻyi tizimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi talablari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi hamda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qoʻllash natijasida, hozirgi kunda Sirdaryo viloyati hududida doimiy roʻyxatdan oʻtib muqim yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hozirgi kunda 1822 nafarni tashkil etib, shundan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 322 nafari “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuning 6-moddasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish masalasida arizalar topshirgan boʻlib, ularning 321 nafariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tan olinib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartalari bilan rasmiylashtirilishiga erishildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага