31 Dekabr 2021 5143

“Yangi yilda yangi marralar sari”

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov, Qorovul qo‘shinlari harbiy qism va bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, 2021 yil 30 dekabr kuni 7534 harbiy qismda tashrif buyurdi.

Tashrif harbiy qism saf maydonida shaxsiy tarkibni mashg‘ulotlarga tarqatuvidan boshlandi. Vazir o‘rinbosari general-mayor B.Mirzaraximov, kirib kelayotgan 2022 yil Yangi yil bayrami bilan qism shaxsiy tarkibi samimiy tabrikladi. Shuningdek o‘z so‘zida bayram arafasida xalqimizni Yangi yil bayramini munosib kutib olishida jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, eng muhimi tinchlik degan bebaho neʼmatni chuqur anglagan xolda unga barchamiz masʼul ekanimizni  unutmasdan, doimo sergak va ogoh bo‘lib xizmat qilishga chorlab o‘tdi.

Harbiy qism shaxsiy tarkibi vazir o‘rinbosarining tashrifidan, eʼtiboridan va bildirgan ishonchidan ruhlanib ketdi. Harbiy xizmatda va yutuqlarga erishishda, jangovar vazifalarni bajarishda ko‘tarinki ruh juda katta ahamiyatga ega.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага