16 Iyun 2022 303

Yangiariq tumani IIB da “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar

Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida “Intizom oyligi” doirasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

15-iyun kuni Yangiariq tumani IIB da boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham aynan “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan oʻtkazildi.

IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti va viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Yangiariq tumani IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari, oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda soʻz olgan har bir xodim bugungi kunda yurtimizda tinchlik osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlariga katta masʼuliyat va ishonch bildirilganligi, bu boradagi ishonchni oqlash uchun har bir xodim avvalo xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi lozimligini taʼkidlab oʻtdilar.

Xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etgan holda oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish borasida hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomasi topshirildi.

Uchrashuvdan soʻng masʼul xodimlar tuman ichki ishlar boʻlimida xodimlarning faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish yurituvidagi hujjatlar bilan yaqindan tanishib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga oid tavsiya va koʻrsatma berdilar.

Profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi, profilaktika inspektorining xizmat uyi mahallada yashovchi boshqa oilalar uchun “Eng fayzli xonadon” etaloni boʻlishi kerakligi alohida taʼkidlandi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага