30 Noyabr 2022 755

Yer oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi

Fuqaro S.X. va S.A.larning Samarqand viloyati IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda, fuqaro M.A. Samarqand tumani «Mironqul» mahallasi hududidan tuman hokimining qaroriga asosan “A.S.” MCHJga intensiv tokzor barpo etish uchun ajratilgan jami 21,3 gektar yer maydonlaridan 4 gektar qismini 55 ming AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 30 ming AQSH dollarini ariza mualliflaridan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага