24 Noyabr 2022 390

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari vebinar maʼruza o‘tkazdi

22 noyabr kuni IIV Akademiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YEXHT) Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirokida vebinar maʼruza bo‘lib o‘tdi.

YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ko‘magi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotda ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotni YEXHTning Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish departamenti Politsiya faoliyati bo‘yicha strategik masalalar guruhi eksperti janob Sasha Strup ochdi. Xorijlik mutaxassis “Tezkor tahliliy maʼlumotlarga asoslangan holda politsiya faoliyatini tashkil etish, mavjud tahdidlarni aniqlash va bartaraf qilish” mavzuida maʼruza qilib, politsiyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash, axborot manbalaridan samarali foydalanish usullari, maʼlumotni qayta ishlash va tahlil qilishda qo‘llanilayotgan tajribalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng Estoniya politsiya va davlat chegaralarini qo‘riqlash boshqarmasining Giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i janob Rayt Pikaro o‘z maʼruzasi bilan chiqish qildi. Ekspert o‘z mamlakati tajribasi qiyosida giyohvandlik vositalarining noqoqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish va uyushgan jinoyatchilikning oldini olishda raqamli axborot tizimlarining afzalliklari, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatidan foydalangan holda bu turdagi jinoyatlarni fosh etish, “ILD modeli” milliy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida nutq so‘zladi.  

Tadbir so‘nggida ekspertlar tomonidan mashg‘ulot samimiy muloqot ruhida o‘tgani, xalqaro va milliy mutaxassislar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni almashish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlashga sharoit yaratgani eʼtirof etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага