20 Dekabr 2021
4456
YHXBga kelgan fuqaro muqaddam jinoyat sodir qilganlikda ayblanayotganligi va hozirda qidiruvdaligi maʼlum boʻldi
2021-yil 17-dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi boʻyicha jarimasiga eʼtiroz bildirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBga murojaat qilganligi sababli, uning maʼlumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda, mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi, 166-moddasi 3-qismi “a” bandida koʻrsatilib oʻtilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.
Viloyat IIBB YHXB xodimlari Sh.Shomirzayev va A.Xamroqulovlar tomonidan ushlanib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va fuqaro E.S. Chirchiq shahar IIBga topshirilgan.
IIV YHXBB Axborot xizmati