Yil sarhisobi
2021-yil 30-dekabr kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzaraximov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonligi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalyoniga yil yakuni boʻyicha yigʻilish oʻtkazish maqsadida tashrif buyurdi.
Avvalo vazir oʻrinbosari shaxsiy tarkib bilan salomlashib, harbiy xizmatchilarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi.
Shuningdek nutqi davomida general-mayor 2021-yilda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha toʻxtalib oʻtib, bu kabi vaziyatlar kelgusida takrorlanmasligi toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Bundan tashqari vazir oʻrinbosari Qoʻshin qoʻmondoni bilan birgalikda harbiy qismdagi “Vatanparvarlik burchagi”da joylashtirilgan II Jahon urushi qatnashchilari hamda jadidchilik namoyondalari bilan yaqindan tanishib, uchrashuv soʻngida shaxsiy tarkibga sogʻlik-salomatlik va kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar tiladi.
IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari bosh boshqarmasi