17 Iyun 2020 4390

Yo'l harakati xavfsizligi qoidasining buzilishi o'limga sabab bo'ldi

Denov tumanida 13 iyun` kuni taxminan soat 23.45 lar chamasida, tumanning “SHamoli” mahallasi hududidan o'tuvchi M-41 avtomobil` yo'lining 1496-km.da, tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi SH.Y. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobili bilan qarama-qarshi yo'nalishiga chiqib ketib, ushbu yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, Uzun tumani “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi A.U. boshqaruvidagi "ZIL" rusumli yuk avtomobili bilan to'qnashgan. Natijada esa "Damas" haydovchisi SH.Y. “hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir” tan jarohati olib, 16 iyun` soat 16.30 da, kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan 16 iyun` kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага