22 Iyun 2022 563

Yolgʻon xabar fosh etildi

Qarshi tumani Beshkent shaharchasida yashovchi Q.A. “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, 2022-yil 17-20-iyun kunlari oraligʻida, nomaʼlum shaxs u ishlab keladigan Qarshi shahar “Gʻ.Gʻulom” mahallasida joylashgan MCHJ binosiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, 100.000.000 soʻmdan ortiq pullarni oʻgʻirlab ketilganligini bildirgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida MCHJ rahbari Navoiy viloyatida yashovchi X.F.ning oʻzi oʻgʻirlik haqida xabar berishlikni korxona ishchisiga buyurgan. 

Odamlarda oʻgʻirlik sodir boʻlgandek tasavvur hosil qilish maqsadida oʻzi bilan birga olib kelgan temir boʻlagi bilan eshiklarni goʻyoki buzilgandek koʻrsatishga uringanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan X.F. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага