15 May 2022 801

Yoʻllarda YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida

Tekshiruvlar davomida:

- 2022-yil 13-may kuni soat 18:10 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Poʻlatov va N.Dosimovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Malibu” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yoʻlovchi, 1994-yilda tugʻilgan I.U.ga tegishli boʻlgan telefon gʻilofining orqasidan jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.U. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 13-may kuni soat 20:40 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Djumaboyev va R.Tilepovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yoʻlovchi, 1998-yilda tugʻilgan M.Z.ning yonidagi sigareta qutisi ichidan, sellofanga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.Z. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 13-may kuni soat 03:00 larda, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Botirov va N.Xoliqovlar tomonidan, haydovchi, 1998-yilda tugʻilgan F.N. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan sellofanga solingan, oq rangli, oʻtkir hidli, kukunsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F.N. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага