23 Yanvar 2023 435

Yoʻlovchi talonchilar qoʻlga olindi

Andijon viloyati Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1988-y.t. D.M., ariza bilan murojaat qilib, oʻzining avtomashinasida nomaʼlum shaxslarni kelishilgan manzilga olib borganidan soʻng, yoʻlovchilar naqd pullari yoʻqligi sababli xizmat haqqini bank kartasidan oʻtkazib berishni maʼlum qilishib, undan bank karta maʼlumotlarini soʻrab olishganligi va sms-xabarnoma kelishi bilan mobil qurilmani olib nomaʼlum tomonga qochib ketganliklarini maʼlum qilib, jinoyatchilarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi 1994-y.t., X.M. va uning qarindoshi 1995-y.t., X.A.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib, amalga oshirganliklari maʼlum boʻldi.

X.M. va X.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага