4 May 2022 830

Yo‘lovchining yonidan pnevmatik qurol chiqdi

2022 yil 1 may kuni soat 02:30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi N.Tadjibayev tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.R.ning yonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.R. va topilgan qurol Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага