2 Oktabr 2022 508

“Yosh tergovchilar” – gʻolib!

IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim birinchi bosqichida taʼlim olayotgan kursantlar oʻrtasida viktorina oʻtkazildi.

Ichki ishlar organlarining maʼmuriy faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bellashuvda mutaxassislik yoʻnalishlarida tahsil olayotgan kursantlardan iborat “Yosh tergovchilar”, “Yosh inspektorlar” hamda “Yosh operativ xodimlar” jamoalari qatnashdi.

Viktorinada uchta shart boʻyicha gʻolib aniqlandi. Birinchi shartda yoshlarning ichki ishlar organlaridagi islohotlar boʻyicha bilim salohiyati sinov qilingan boʻlsa, keyingi shart tezkor savol-javob tarzida oʻtdi. Soʻnggi shartda esa jamoalar tomonidan tayyorlangan savollar oʻynaldi.

Bellashuv yakunida eng koʻp ochko jamgʻargan “Yosh tergovchilar” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Tashkilotchilarning aytishicha, “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan turli tanlov va bellashuvlar kursantlarning huquq sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага