30 Iyun 2022 1075

Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yosh xodimlar mukofotlandi

Bugungi kunda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishmoqda.

Yoshlar kuni munosabat bilan joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich tomonidan Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilib, Vatanimiz osoyishtaligi va el-yurt tinchligini taʼminlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida samarali mehnatlari, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘idagi mardlik va jasoratlari uchun bir guruh yosh xodimlarga ikki million so‘m pul mukofotli sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага