17 Iyul 2022 845

Yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni kasbga oʻrgatish kunning asosiy vazifasi

Uchtepa tumani hokimligida Toshkent shahar IIBB boshligʻi, tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirokida, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faoliyatida uchrayotgan muammolar tahlil qilindi. Uchrashuvning oʻziga xos jihati shundaki, har bir tadbirkor imkoniyatidan kelib chiqqan holda, oʻz mahallasidagi yoshlarni kasbga oʻrgatadigan boʻldi.

Tadbirda qaysi tadbirkor nechta uyushmagan yoshlarni oʻz tashkilotiga qabul qilishini va ularni qanday tartibda kasbga oʻrgatilishi haqida kelishib olindi. Oʻz mahallasida ish oʻrganadigan yoshlarga qulay boʻlishi va ortiqcha sarf-xarajatsiz ish joyiga yetib olishi mumkin boʻladi. Bunda, yoshlar yetakchilari oʻz mahallasidagi ishsiz yoshlarni tadbirkorlarga biriktirish boʻyicha masʼul etib tayinlandilar.

Tadbir soʻngida, yoshlar daftariga kiritilgan tuman aholisiga tikuv mashinalari, kompyuter va boshqa kerakli jihozlar topshirildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага