27 Sentabr 2022 373

Yozyovon tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Yozyovon tumani. 15 sentyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Suvliariq mahalla hududida yashovchi M.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага