Yozyovon tumanida telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Yozyovon tumanida fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 02-yanvar kuni nomaʼlum shaxs Mustaqillik koʻchasida joylashgan savdo doʻkoni savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan narxi 800.000 soʻmlik “RedMi Note-7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.R ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati