29 Dekabr 2022 527

YPX inspektorida shubha uyg‘otgan haydovchi taqiqlangan modda hamda pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi aniqlandi

2022 yilning 28 dekabr kuni soat 22:50 larda, Yangihayot tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari leytenant A.Rashidov va serjant A.Toliyevlar tomonidan Yangihayot tumani Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib, hujjatlari tekshirib ko‘rilganda haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan D.V. o‘z hatti-harakatlari bilan YPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan, xolislar ishtirokida avtomashina salon qismi ko‘zdan kechirilganda 50 ming so‘m pul kupyurasiga o‘ralgan o‘tkir hidli, quritilgan o‘tsimon modda va 230 blok “Britanik”, 400 dona "Zolotoy pesok", 43 dona “Salyut” nomli katta miqdordagi pirotexnika vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro D.V. Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага