18 May 2022 897

YPX xodimidan qochgan haydovchi yonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori topildi

16-may kuni IIV SHXBB xodimlari bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida YPX inspektori A.Xudoyberdiyev «Lasetti» rusumli transport vositasini tekshirish uchun toʻxtatganda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan harakatni davom ettirgan va koʻrilgan chora tadbirlar natijasida avtoulov toʻxtatib qolingan.

Haydovchi ushbu holatda hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortadi. Shundan soʻng avtoulov xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda toʻrt dona «Tropikamid», 3 dona «Selofan», 1 dona «Regopen» va 5 dona «Tapitikan» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda jami 2.580$ pul mablagʻlari borligi aniqlandi. Holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shundan soʻng IIV SHXBB tomonidan olib borilgan qoʻshimcha surishtiruvlardan soʻng ushub fuqaroning yashash joyidan koʻp miqdorda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB Axborot guruhi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага