23 Aprel 2021 4479

YTHda jarohat olgan 5-sinf o'quvchisi shifoxonada vafot etdi

Joriy yil 21 aprel` kuni soat 19:00 larda, Uychi tumani Jiydakapa-Uychi-Chortoq yo'lining 1-km. da, Kobal`t rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo'lni kesib o'tayotgan, tumandagi maktabning 5-sinfida o'qigan, o'quvchi qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda og'ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага