Yurt fidoiylarining har biri eʼtirofda
Qumqoʻrgʻon tumanida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun tunu kun xizmat qilayotgan soha xodimlari 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati taqdirlandilar.
Tadbirda tuman hokimi R.Gapparov tuman IIB boshligʻi mayor N.Narzullaev, sektor rahbarlari tumandagi barcha ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, xalqimiz uchun sadoqat bilan xizmat qilish har bir insonning burchi ekanligini, har bir xodim avvalo oʻz vatanini, qolaversa kasbini sevgan holda xizmat qilsa, qilingan mehnat albatta oʻz samarasini berishini taʼkidlab oʻtdi.
Tizimdagi har bir xodimning xizmati alohida eʼtirof etilib, qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati