13 Yanvar 2023 307

Yurtning mard o‘g‘lonlari

Ko‘plab yosh yigitlarimiz to‘g‘ri hayotiy qaror qabul qilib, Vatan himoyachisi bo‘lishni tanlaydi. Sharaf bilan xizmat qilishda esa ularga yuksak vatanparvarlik hissi, matonat va jasorat yordam beradi.

Kichik serjant U. Nazarov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlariga qarashli 7255-harbiy qismda BTR-80 mexanik-haydovchisi bo‘lib xizmat qiladi.

Umidjon Nazarov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib, voyaga yetdi. Avtotexnika kollejini bitirganidan so‘ng Qurolli Kuchlar safiga xizmatga chaqirildi. Xizmatni Qorovul qo‘shinlari bo‘linmasida o‘tadi. Shartnoma asosida xizmatga qabul qilinganidan keyin Andijon viloyatiga - IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlariga qarashli 7255-harbiy qismga jo‘natildi.

Kichik serjant Sherzod Mirzayev Umidjonga ustozlik qilib, tajriba, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi. Bugun U.Nazarovning o‘zi bir qancha yoshlarning ustozi hisoblanadi. Kichik serjantlar Shahboz Yo‘ldoshev va Karamadin Aytpanov undan xizmat sir-asrorlarini o‘rganib, tajriba to‘plamoqda.

Buxoro viloyatining Jondor tumanida tug‘ilgan Avazbek Xayrullayev bolalikdan harbiy bo‘lishni orzu qilgan. IIVning Buxoro xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlari batalyonida muddatli xizmatni o‘tayotgan yosh yigit hayotini armiya bilan bog‘lashga qaror qildi. Yaʼni Andijon xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha harbiy qismda shartnoma asosida xizmatni davom ettirdi.

Ikki yil ilgari maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi tashkil etilgach, kichik serjant A.Xayrullayev jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirib, maxsus bo‘linma safiga kiritildi.

Avvaliga oson bo‘lmadi. Harbiy xizmatchilar deyarli kun bo‘yi jangovar tayyorgarlik, qo‘l jangi bilan shug‘ullanib, o‘qotar qurollar turlarini o‘rganishar, 3,5 va 10 kilometr masofaga yugurardi. Avazbek sidqidildan o‘z jangovar tajribasini oshirishga intildi.

- Kichik serjant A.Xayrullayev - tajribali harbiy xizmatchi, - deydi maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi komandiri, kapitan G‘ayratjon Samadov. -Xizmatdan bo‘sh paytlarida uni trenajyor zalidan yoki batalyon kutubxonasidan topish mumkin. U o‘z mahorati va bilim darajasini doimiy tarzda oshirishga harakat qiladi. IIV Akademiyasining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirishni, ofitser bo‘lishni niyat qilgan bu yigitning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonaman.

Boris KLEYMAN, «На посту» muxbiri.

Andijon viloyati.

Suratlarda: kichik serjantlar Umidjon Nazarov va Avazbek Xayrullayev.

Muallif olgan suratlar.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага