30 Avgust 2021 4939

Zamonaviy Rossiyaning politsiya organlari - Rossiya Federatsiyasining tashkil topishi

1991 yil qishining boshida, 8 dekabrda, ittifoq shartnomasi bekor qilinishi bilan SSSR tarixi tugadi. Huquqni muhofaza qilish organlari yangi davr qiyinchiliklariga duch kelishdi: uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvandlikning tarqalishi, noqonuniy migratsiya - SSSRda bu hodisalar past darajada bo'lgan.

Rossiya militsiyasi, ichki va chegara qo'shinlari, shuningdek, davlat xavfsizligi uchun uzoq vaqt davomida mablag' etishmasligi muammo bo'ldi, maosh kamligi, malakali kadrlarning ishdan ketayotgani, avvalgi tartiblar eskirgani ish samarasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ammo zaiflashgan davlatda ham Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qilish organlari «to'qsoninchi yillar»ning jinoiy holatini o'zgartirishga, Kavkazdagi qurolli to'qnashuvni tugatishga va shaharlarni larzaga keltirgan bir qator terrorchilik harakatlarini to'xtatishga muvaffaq bo'ldi.

Vaziyat 2000-yillarda o'zgara boshladi va 2011 yildan boshlab  militsiya politsiya deya yuritila boshladi. 2016 yilda bir nechta huquqni muhofaza qilish organlari birlashtirildi. Davlat xavfsizlik tuzilmasida ham bir qator o'zgarishlar yuz berdi.


O'sha davrning tarixi. Ukraina Prezidenti M.Kravchuk (chapda), Belarus Oliy Kengashi Raisi S.Sh.Shushkevich (o'rtada) va Rossiya Prezidenti B.N.Eltsin (ikkinchi o'ngda) Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini Belovejskaya Pushchada tuzish to'g'risidagi bitimni imzolagandan so'ng. 8, 1991 yil.

©️ «Vsemirnaya istoriya politsii». Moskva: Izdatel`stvo «e», 2017.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага