22 Sentabr 2020 208

Andijon viloyati IIB boshlig'i 3-sektordagi yoshlar bilan uchrashdi

Respublikamizda yoshlar bandligini ta'minlash va ularning muammolarini ijobiy hal qilishda yordam berishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jumlandan, 19 senyatbr` kuni Andijon tumani 3-sektor hududidagi "Orol" MFYda Andijon viloyati IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.Tasbaev, tuman hokimi U.Isamidinov va tuman IIB boshlig'i J.Xudoyberdievlar bilan birgalikda, 3-sektor hududidagi xalq ta'limi bo'limga qarashli o'rta ta'lim maktablarining 2019-2020 o'quv yilida 11-sinf bitiruvchilari hamda 18 ta mahalladagi uyushmagan yoshlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda ko'plab muammolar ijobiy echim topdi.

Xususan, "Oyjamol" MFY, Navbahor ko'chasida yashovchi 1993 yilda tug'ilgan Ravshanbek Mamirjon ichki ishlar organlariga kirish uchun qayta test topshirishga amaliy yordam so'radi va boshqarma boshlig'i tomonidan kayta topshirishga ruxsat berildi.

"Oyjamol" MFY, Ulug'bek ko'chasida yashovchi 2000 yilda tug'ilgan Xoldarov elmurod quyonchilik klasterini tashkil qilish borasida yordam so'radi. Ushbu fuqaroga mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.

"Bobog'ozi" MFY, Bog' ko'chasida yashovchi 1991 yilda tug'ilgan Abdumannopov Jasurbek Sudlanganlik holatini tugallanishi qanday tartibda amalga oshirilishi yuzasidan yordam so'radi va unga bu borada zarur bo'lgan huquqiy tushunchalar berildi.

"Baxt" MFY, Beruniy ko'chasida yashovchi 2002 yilda tug'ilgan Soirova Go'zaloy tikuv mashina olishda amaliy yordam so'radi. Shu kuning o'zida Xalq banki tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi.

"Gulobod" MFY, Nazarobod ko'chasida yashovchi 2003 yilda tug'ilgan 11-sinf bitiruvchisi Sobirova etiborxon tikuvchilik uchun bir dona chok mashina so'radi. Uning murojaati ham joyida hal qilindi.

"Gulobod" MFY, Qadimobod ko'chasida yashovchi 2003 yilda tug'ilgan yana bir maktab bitiruvchisi Anvarova Mavludaxon ham tikuvchilik qilish uchun overlok chok mashinasi olishda amaliy yordam so'radi. Uning qilgan murojaati mutasaddilar tomonidan shu kuning o'zida hal qilib beriladigan bo'ldi.

Shu kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda yana boshqa ko'plab yoshlarni qiynab kelayotgan masalalar tinglanib, ularga tez fursatlarda ijobiy echim topish borasida mutasaddi rahbarlarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Albatta, yoshlar bilan o'tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlardan ko'zlangan asosiy maqsad ularning bandligini ta'minlash orqali xalqimizning turmush farovonligini oshirishdir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага