17 Oktabr 2020 291

Andijonda qalbaki pul tayyorlagan va uni o'tkazish bilan shug'ullangan shaxslar aniqlandi

9 oktyabr` kuni soat 21:30 larda olingan ma'lumotga asosan, Andijon viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi. Tezkor-tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi  fuqarolar A.X va X.B.lar o'zaro jinoiy til biriktirib, “Epson-P50” 3*1 rusumli rangli printer yordamida 100.000 so'm kupyuradagi jami 6.900.000 so'm qiymatdagi qalbaki pullarni tayyorlashib, kelgusida muomalaga kiritmoqchi bo'lgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan 2020  yil 10 oktyabr` kuni A.X va X.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va ular Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida A.X. 7 oktyabr` kuni Jalaquduq tumanida yashovchi fuqarolar T.M, M.G va U.I.larning tuman hududida joylashgan savdo do'konlariga kirib, qalbaki usulda tayyorlangan 100.000 so'mlik kupyuradagi pullarni o'tkazgani aniqlangan.

Jinoyat ishi bo'yicha 12 oktyabr` kuni X.B va A.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v”  hamda 168-moddasi 3-qismi “b” bandlari bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “Qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага