28 Yanvar 2020 797

Andijonda “Tig'” profilaktik tadbirlari doirasida 350 dan ortiq pichoqlar to'mtoqlashtirildi

Andijon shahri xududida tig'li predmetlar yordamida sodir etilishi mumkin bo'lgan og'ir turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon shahri, YOrboshi MFYda joylashgan “Jaxon buyum bozori” xududiga xizmatga biriktirilgan xodimlar bozor, savdo majmualarida o'tkir tig'li jismlar orkali sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatlarni oldini olish yuzasidan profilaktik tushuntiruv ishlarini olib bormoqdalar. O'tkazilgan tadbirlar davomida bozorlarda ochiq muomalada bo'lgan va kasbi koriga ko'ra tig'li predmetlarni to'mtok holda foydalanishi mumkin bo'lgan 350 dan ortiq pichoqlarning uchlari to'mtoq holatga keltirildi.

Xuddi shu kabi profilaktik tushuntiruv ishlari Andijon shahrining Bobur MFY xududida joylashgan “eski shaxar dehkon bozori” xududida ham o'tkazilib, o'tkir tig'li jismlar to'mtoq holatga keltirilyapti. Bundan tashqari o'tkazilayotgan "Tun" tadbirlari davomida bemaqsad yurgan shaxslarning yonidan 18 ta tig'li predmetlar  olindi. Jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan olib borilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага