8 Mart 2021 106

Ayollar hamisha ardog'imizda

Bugungi kunda faol, o'z kasbining ustasi, ijodkor ayol va qizlarning jamiyatimizdagi o'rni tobora mustahkamlanib bormokda. Ayollarning nozik didi, har ishga qunt bilan yondashuvi, tabiatan saranjom sarishtaligi ularning barcha sohalardagi kabi Ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilayotganligini ham alohida e'tirof etish o'rinli. Mehribon ona, suyukli yor, jonkuyar qiz bo'lish bilan bir qatorda ayollarning yurtimiz farovonligi, xalqimiz ravnaqi yo'lidagi xizmatlari hamisha maqtovga va e'zozga sazovor.

Qashqadaryo viloyati IIB JIeB 10-son JIeKda “8-mart - Xalqaro xotin-kizlar kuni” munosabati bilan koloniyada mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda hozirgi kunda nafaqada bo'lgan xotin qizlar ishtirokida tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida koloniya rahbariyati xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularning ichki ishlar sohasida erkaklar bilan elkama-elka olib borayotgan mehnatlariga yuqori baho berildi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashda ayollarning o'z o'rni borligi ta'kidlandi.

Shuningdek, iste'fodagi kapitan R.Avyasova, iste'fodagi katta serjant G.Toshqulovalar so'zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz raisligida 2020 yil
8 oktyabr` kuni "Jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi" yuzasidan videoselektor yig'ilishida xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha yangi ish tizimi joriy etilib, ayollar va yoshlarni qo'llab quvvatlashga qo'shimcha mablag'lar yo'naltirilganligi, bu esa davlat rahbari tomonidan ayollarga bildirilayotgan yuksak e'tibor ekanligini ta'kidlab o'tishdi. Tadbir davomida xotin-qizlarga bayram sovg'alari ulashildi hamda bayram dasturxoni tashkil etildi.

IIV JIeBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага