12 Fevral 2020 1435

Beruniy tumanida sodir bo'lgan YTHda 4 kishi vafot etdi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy tumanida 12 fevral` soat 11.30 larda 1984 y.t. A.B. o'zining boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasini Abay OFY hududidan o'tuvchi “G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 yo'lining 645-km.da haydab ketayotib, yo'l sirpanchiq bo'lganligi sababli qarama-qarshi yo'nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1987 y.t. SH.T. boshqaruvidagi “MAN” yuk avtomashinasi bilan to'qnashuv sodir etishi natijasida yuk avtomashinasi yo'l chetiga ag'darilib ketgan.

Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi A.B., yo'lovchilari 1990 y.t. S.Mamutova, 2019 y.t. M.Q. hamda 1965 y.t. T.R.lar voqea joyida vafot etgan.

SHuningdek, “Matiz” avtomashinasining qolgan yo'lovchilari, 1989 y.t. S.S., 2000 y.t. D.Q. hamda “MAN” yuk avtomashinasi haydovchisi SH.Tlar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага