22 Noyabr 2020 190

Beshariq tumanida “Neksiya” haydovchisi piyodani urib yubordi

20 noyabr` kuni fuqaro M.X. “Nexia” rusumli avtomashinasini Yakkatut MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o'tayotgan M.A.ni urib yuborishi oqibatida, M.A. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo'llarda harakatlanganda yo'l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishi mumkinligini unutmang!

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага