3 Mart 2021 383

Bosqinchilar ushlandi, ularning ikki nafari voyaga etmagan shaxslar

2021 yilning 1 mart kuni soat 18:30 larda noma'lum shaxslar  Qo'qon shahar Turkiston ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uyning yonida 20 yoshli Maxsudjon I.,ning yo'lini to'sib hujum qilib, uning yuz qismiga musht bilan urib, o'zlarida bo'lgan pichoq bilan hayoti va sog'ligi uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, Maxsudjon I.,ga tegishli narxi 5.000.000 so'mlik “Samsung Galaxy A 31” rusumli uyali telefon apparatini qo'lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 19 yoshli Dilshod M., 18 yoshli Muhammadyusuf R., voyaga etmagan 17 yoshli Shahzodbek T., va 14 yoshli Abdulvosid R.,lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan uyali telefon apparati hamda bir dona oshxona pichog'i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Dilshod M., Muhammadyusuf R., Shahzodbek T., va Abdulvosid R.,larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Ta'kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko'ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага