8 Mart 2021 118

Bo'stoliq go'shasida bayram shukuhi

Xalqimiz azaldan go'zallik timsoli bo'lgan mo''tabar onalarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat ehtirom ko'rsatib kelgan. Joriy yilning 7 mart kuni Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining go'zal go'shalaridan birida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuman hokimligi bilan hamkorlikda 8 mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami kuniga bag'ishlanib tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda, Bo'stonliq tumanining faol ayollari, mehnat faxriylari, kam ta'minlangan oilalarning xotin-qizlari va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda tuman xokimi Jo'rabek Axmedov yurtimizda muqaddas sanalgan ayollarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Ichki ishlar vazirining tabriklarini etkazib, uy yumushlaridan ortib Davlatimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan aziz opa-singillarimizni, faxriy ayollarimizni, yosh tadbirkor qizlarimizni tabriklab, sharafli vazifani bajarishdagi fidoiyliklari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi, ularga alohida sovg'alar topshirildi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi Ashula va raqs ansambli san'atkorlari hamda alohida namunali orkestr honandalari tomonidan tayyorlangan bayramona kontsert dasturi taqdim etildi. San'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar va jozibador raqslar bayram tantanasiga o'zgacha zavq baxsh etdi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага